Kino

«Sentimental qiymat» filmining kasting-direktori Stellan Skarsgard va El Fanning bilan ishlash haqida soʻzlab berdi

Yngvil Haga xalqaro eʼtirofga sazovor boʻlgan Yoaxim Trier filmiga aktyorlar tanlash jarayoni tafsilotlari bilan oʻrtoqlashdi.

20-noyabr, 12:15По-русски

Read in English

hollywoodreporter.com

Kasting-direktori Yngvil Haga Tallinn kinofestivali «Qora tunlar» doirasida oʻtkazilgan Industry@Tallinn & Baltic Event tadbirida soʻzga chiqib, norvegiyalik rejissyor Yoaxim Trier bilan hamkorligi haqida gapirdi. U uning bir nechta loyihalarida, jumladan «Sentimental qiymat», «Dunyodagi eng yomon odam» va «Telma» filmlarida ishlagan.

Haganing soʻzlariga koʻra, ular Trier prodyuserining taklifi orqali tanishgan. Oʻshanda rejissyor ilk bor professional kasting-direktorni jalb etishga qaror qilgan va unga «Telma» filmi ustida ishlashni taklif qilgan. Hamkorlik muvaffaqiyatli kechib, keyingi filmlarda ham davom etgan.

«Sentimental qiymat» haqida gapirar ekan, Haga Trier Stellan Skarsgardni taklif qilish haqida oʻylaganini esladi. Rejissyor ilgari bu aktyor bilan ishlamagan, biroq uning isteʼdodiga anchadan beri qoyil qolardi. Keyinchalik ular Stokgolmda uchrashishdi va Skarsgard loyihaga qoʻshilishga rozi boʻldi.

El Fanning kastingi amerikalik mutaxassis Evi Kaufman ishtirokida oʻtkazildi. Haga aktrisa nomzodini qoʻllab-quvvatladi va uning tashqi koʻrinishi boshqa qahramonlar bilan qiziqarli vizual kontrast hosil qilishini taʼkidladi. Bundan tashqari, Fanning roli markaziy boʻlmaganiga qaramay, uning ahamiyatini yuqori baholadi.

Kasting-direktori, shuningdek, aktrisaning Oslodagi ilk repetitsiyalarini ham esladi. Ular film suratga olish uchun foydalanilgan uyning oʻzida oʻtkazilgan. Haga hatto Skarsgard va Fanning bilan sahnalarda boshqa ayol rollarini ham oʻqib bergan.