Yulduzlar

Semmi Kershou qizil gilamdagi mojaro ortidan CMA Awards tashkilotchilari bilan yarashdi

Tanqidlar toʻlqinidan soʻng Country Music Association kantri xonandasidan uzr soʻrab, uni rafiqasi bilan qizil gilamdan oʻtishga taklif qildi.

12-noyabr, 13:43По-русски

Read in English

rollingstone.com

1990-yillarda tanilgan kantri ijrochisi Semmi Kershou CMA Awards tashkilotchilari bilan yuzaga kelgan nizoni hal qildi. Avvalroq musiqachi Country Music Association (CMA)ni marosim oldidan qizil gilamda oʻtkazilgan fotosessiyada oʻzi va rafiqasining ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaganida ayblagan edi.

Tadbirga baribir oddiy mehmon sifatida tashrif buyurgan Kershouning aytishicha, tashkilot bir necha oy davomida unga vaʼdalar berib kelgan, biroq ularni bajarmagan. U kantri musiqasini rivojlantirishga umrini bagʻishlagan sanʼatkorlar eʼtirofga loyiq ekanini taʼkidladi. Rayli Grin, Karli Pirs, Jeyk Ouen va boshqa ijrochilar uni qoʻllab-quvvatladi. Ayrim foydalanuvchilar hatto marosimni boykot qilishga chaqirdi.

Seshanba kuni xonanda CMA rahbariyati bilan shaxsan suhbatlashganidan soʻng rafiqasi bilan qizil gilamdan oʻtishga taklif olganini maʼlum qildi. Tashkilot vaziyatni hal etishda xatolarga yoʻl qoʻyganini tan olib, samimiy uzr soʻradi. Kershou bu uzrni qabul qildi.

Musiqachi muxlislar va hamkasblariga qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirib, mojaro aslida qizil gilam masalasidan koʻra, kantri musiqasi tarixini yaratgan sanʼatkorlarga boʻlgan hurmat haqida boʻlganini qayd etdi.