Stiv Mayner Jeyson Vurhis ishtirokidagi yangi «13-juma» filmi ustidagi ishlarni boshqaradi
Oʻnlab yillardan soʻng seriyadagi ikki klassik film yaratuvchisi franshizaga qaytadi. Film 2027-yilda namoyish etilishi kutilmoqda.

Kultga aylangan manyak Jeyson Vurhis katta ekranlarga navbatdagi chiqishiga tayyorlanmoqda. Horror, Inc. kompaniyasi yangi «13-juma» filmini ishlab chiqishni boshladi va uning rejissurasini Stiv Maynerga topshirdi. Rejissyor uchun bu loyiha faoliyatidagi eng muhim ishlardan biriga qaytish boʻladi.
Mayner qoʻrqinchli filmlar muxlislariga seriyaning ikkinchi va uchinchi qismlaridan tanish. 1981-yilgi filmda Jeyson ilk bor markaziy antagonistga aylandi, oradan bir yil oʻtib esa tomoshabinlar uni personajning oʻziga xos belgisiga aylangan mashhur xokkey niqobida koʻrishdi.
Boʻlajak film ssenariysini Devid Fligel yozadi. Ishlab chiqarishga CatchLight Studios ham jalb etilgan, moliyalashtirishni esa Barsamyanlar oilasi taʼminlaydi. Ijodkorlar franshiza anʼanalarini saqlab, amaliy maxsus effektlar va shafqatsiz sahnalarga urgʻu berishni rejalashtirmoqda.
Loyiha seriyadagi oʻn uchinchi toʻliq metrajli film boʻladi va Jeysonning 2009-yilgi filmdan keyin kinoteatrlarga ilk qaytishi hisoblanadi. Premyera 2027-yilga moʻljallangan. Aktyorlar tarkibi, syujet va film nomi haqidagi maʼlumotlar hozircha sir tutilmoqda.



