Glenn Kloz va Ridli Skott faxriy «Oskar» mukofotlarini oldi
Kinematografiya sanʼati va fanlari akademiyasi Governors Awards marosimida aktrisa va rejissyorning xizmatlarini eʼtirof etdi.
16-noyabr, 15:30По-русски

championat.com
Yakshanba kuni, 15-noyabrda jahon kinematografiyasi namoyandalariga hurmat bajo keltirilgan Governors Awards marosimining 17-tadbiri boʻlib oʻtdi. Faxriy «Oskar» mukofotlari aktrisa Glenn Klozga, rejissyor va prodyuser Ridli Skottga, animator Floyd Normanga, shuningdek, prodyuserlar Kristin Vachon va Pamela Kofflerga topshirildi.
Ridli Skott yaqinda tibbiy muolajadan oʻtgani sababli tadbirda shaxsan qatnasha olmadi, shu bois mukofot unga sirtdan berildi. Tantanali marosim Ovation Hollywood majmuasidagi Rey Dolbi nomidagi bal zalida boʻlib oʻtdi. Unda Amerika kinoakademiyasining koʻplab vakillari ham jam boʻldi.



