«Matritsa»dagi Kerri-Enn Moss Halsey bilan Replacer dahshat filmida rol oʻynaydi
Aktrisa suratga olish ishlari yaqinda Monrealda yakunlangan filmga qoʻshildi.

«Matritsa» franshizasidagi Triniti roli bilan tanilgan Kerri-Enn Moss Replacer psixologik horrorida rol ijro etish uchun tanlandi. Kartinada bosh rollarni xonanda Halsey va film rejissyori sifatida ham faoliyat yuritgan aktyor Evan Jogia ijro etadi.
Voqealar Monrealda kechadi. Halsey Proxy ismli didjey rolini oʻynaydi. U sirli rassom va uning doʻstlari — yashirin radiostansiya ishtirokchilari bilan tanishadi. Bir kuni efir shahar metrosining chuqur qatlamlaridan tarqalayotgan sirli signal sabab buzila boshlaydi. Ovoz qahramonani va uning yangi tanishlarini tanib boʻlmas darajada oʻzgartirib yubormaguncha, u qutulib qolishi kerak.
Ssenariyni Halseyning oʻzi yozgan. Filmda, shuningdek, Karl Glusman va Jyulett Gariépi ham suratga tushgan. Kartina uchun musiqani prodyuser Boys Noize (Aleks Ridha) yaratadi.
Mossning loyihadagi ishtiroki uni «Matritsa» bilan yana bir jihatdan — rejissyor Lilli Vachovski orqali ham bogʻlaydi: u Replacer filmining ijrochi prodyuseri. Filmning suratga olish ishlari allaqachon yakunlangan. Premyera sanasi hozircha eʼlon qilinmagan.



