Kino

SkyShowtime Comcast va Skydance qaroridan soʻng 2027 yilda faoliyatini toʻxtatadi

Ikki media gigantining qoʻshma striming xizmati 2027 yil oxirida yopiladi, uning bosh direktori esa kompaniyani tark etadi.

19-noyabr, 13:11По-русски

Read in English

hollywoodreporter.com

Comcast va Skydance 20 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritayotgan SkyShowtime striming xizmatini yopishga qaror qildi. Platforma foydalanuvchilarga odatdagi tartibda xizmat koʻrsatishda davom etadi, biroq 2027 yil oxirida faoliyatini butunlay toʻxtatadi.

Shu bilan birga, kompaniyaga toʻrt yildan ortiq vaqt davomida rahbarlik qilgan bosh direktor Monty Sarhanning ketishi ham maʼlum boʻldi. Yopilish jarayonini vaqtincha tayinlangan rahbar Mark Nil boshqaradi.

SkyShowtime 2021 yilda Comcast va keyinchalik Paramount Global deb qayta nomlangan ViacomCBS kompaniyalarining qoʻshma loyihasi sifatida ishga tushirilgan. Xizmat kutubxonasida Showtime, Nickelodeon, Paramount Pictures, Sky Studios, Universal Pictures, Peacock loyihalari hamda Paramount+ning original dasturlarini oʻz ichiga olgan 10 ming soatdan ortiq kontent jamlangan.

Yopilish haqidagi qaror striming bozorida kuchayib borayotgan raqobat bilan bogʻliq. Yirik xalqaro platformalar kontent, texnologiyalar va sport translyatsiyalariga faol sarmoya kiritmoqda, shu bois mintaqaviy xizmatlarga zarur koʻlamga erishish tobora qiyinlashmoqda.

Bu vaqt ichida hamkorlarning oʻzi ham oʻzgardi: Comcast NBCUniversal va Skyʼni alohida kompaniyaga ajratishga tayyorgarlik koʻrmoqda, Paramount Global esa Skydance bilan tuzilgan bitim doirasida Warner Bros. Discovery bilan birlashdi. Sentabr oyida SkyShowtime aksiyadorlari biznesning keyingi istiqbollarini baholay boshladi va koʻrib chiqish yakunlariga koʻra, uni yopishni tanladi.