Stiven Spilberg ilk bor vestern suratga olishga tayyorlanmoqda
Rejissyor yangi film ustida ishlashga 2027-yilda kirishadi. Loyiha tafsilotlari hozircha sir tutilmoqda.

Stiven Spilberg navbatdagi filmining suratga olish ishlarini 2027-yilda boshlashni rejalashtirmoqda. Boʻlajak loyiha haqida rejissyor bilan koʻp yillardan beri hamkorlik qilib kelayotgan operator Yanush Kaminskiy soʻzlab berdi. Uning aytishicha, yangi film Spilbergning rejissyorlik faoliyatidagi ilk vestern boʻladi.
Hozircha ijodkorlar film nomi va syujet tafsilotlarini oshkor qilishmadi. Aktyorlar tarkibi hamda filmning qachon chiqarilishi haqida ham maʼlumot yoʻq.
Rejissyorning oxirgi namoyish etilgan filmi oʻzga sayyoraliklar bosqini haqida hikoya qiluvchi fantastik «Fosh etish kuni» kartinasi boʻldi. Unda bosh rollarni Emili Blant, Kolman Domingo, Kolin Fert va Josh OʻKonnor ijro etgan.
Yana oʻqing

Duran Duran guruhining sobiq gitaristi Endi Teylor vafot etdi

Bred Pitt va Anjelina Joli Fransiyadagi Château Miraval vino xoʻjaligi yuzasidan nizoni yakunladi

