Kristofer Nolanning «Odisseya» filmi uchun 11 metrlik siklop qoʻgʻirchogʻi yaratildi
Kristofer Nolan jamoasi «Odisseya» filmini Yunonistondagi gʻorda suratga olish uchun amaliy effektlardan foydalanib, Polifemning ulkan qoʻgʻirchogʻini qurdi.

Kristofer Nolanning «Odisseya» filmi uchun siklop Polifemni yaratish haqiqiy texnik sinovga aylandi. Jamoa 11 metrlik qoʻgʻirchoq yasashi, uni Yunonistonga olib borishi va togʻ yonbagʻridagi gʻorga oʻrnatishi kerak edi.
Dastlab sahnani Los-Anjelesdagi pavilyonda suratga olish rejalashtirilgan, biroq lokatsiyaning oʻzgarishi maxsus effektlar boʻyicha mutaxassislarni konstruksiyani qayta koʻrib chiqishga majbur qildi. Muddatlar qisqa boʻlgani sababli ular murakkab animatronikadan voz kechib, boshqaruvning soddaroq tizimini tanladi. Qoʻgʻirchoqning ayrim qismlari harakatga kelganda, uning qolgan tanasi ham tabiiy tarzda javob harakatini qilardi — bu gigantni yanada real koʻrsatdi.
Gʻora ichida suratga olish guruhi boshqaruv troslari mahkamlanadigan maxsus osma konstruksiyani oʻrnatdi. Shu bilan birga, ijodkorlar dastlab mexanik qoʻgʻirchoqni kompyuter grafikasi bilan toʻldirishni, shu orqali murakkabroq harakatlarni amalga oshirishni rejalashtirgan edi.
Polifem rolini ijro etgan aktyor Bill Irvin ham oʻz ishini konstruksiyaga moslashtirdi. U qoʻgʻirchoqning harakatlarini oʻrganib, oʻz tana harakatlarini mexanik gigant ijrosi bilan uygʻunlashadigan tarzda moslashtirdi.
«Odisseya» filmi 17 noyabr kuni raqamli formatda, 4K Ultra HD va Blu-ray formatlarida chiqdi.



