Seriallar

Eddi Redmayn «Shoqol kuni» serialining 2027-yil martida namoyish etiladigan ikkinchi mavsumida qaytadi

Sky josuslik trillerining davomidagi ilk kadrni taqdim etdi. Unda Redmayn ijro etgan qotil yangi xavf-xatarlarga duch keladi.

20-noyabr, 11:53По-русски

Read in English

hellomagazine.com

Sky «Shoqol kuni» serialining ikkinchi mavsumidan ilk kadrni namoyish etdi. Uning premyerasi 2027-yil martiga rejalashtirilgan. Eddi Redmayn yana sirli yollanma qotil rolini ijro etadi: eʼlon qilingan tasvirda qahramon qoʻlida miltiq bilan qorongʻi tunnelda yashirinib turibdi.

Josuslik trilleri Frederik Forsaytning 1971-yilgi romaniga asoslangan boʻlib, eng yuqori darajada faoliyat yuritadigan professional qotil haqida hikoya qiladi. Birinchi mavsum 2024-yil noyabrida namoyish etilgan va millionlab tomoshabinlarni jalb qilgan.

Tizerda qahramon togʻ choʻqqisida turadi, kadr ortidagi ovoz esa uni yillar davomida koʻzdan yiroqda qolayotgan ehtiyotkor va hisob-kitobli inson sifatida tasvirlaydi. Davomiy qism yanada keng koʻlamli xalqaro voqealar, keskin jangovar sahnalar va kutilmagan syujet burilishlarini vaʼda qilmoqda.

Redmaynning taʼkidlashicha, ikkinchi mavsum birinchi qismga xos kinematografik uslub va zamonaviy yechimlarni saqlab qoladi, biroq xavf va keskinlikni yanada oshiradi: unda keng koʻlamli epizodlar samimiy, hissiy lahzalar bilan uygʻunlashadi.

Aktyorlar tarkibiga Ursula Korbero, Charlz Dens va boshqa ijrochilar qaytadi. Yangi aktyorlar orasida Pablo Shrayber, Veruche Opia, Mett Bomer va Pia Tyelta bor. Premyera 2027-yil martida Buyuk Britaniyada Sky va NOW platformalarida boʻlib oʻtadi.