Kino

Jeyk Jillenhol va Fibi Daynevor M. Nayt Shyamalaning yangi dramasida rol ijro etdi

«Qol» filmida Jeyk Jillenhol sirli qizni sevib qoladi, biroq u bilan tanishuvi qahramonni kichik shaharning xavfli siriga tortib ketadi.

18-noyabr, 15:55По-русски

Read in English

peopletalk.ru

Warner Bros. Pictures Jeyk Jillenhol va «Bridgerton» serialidagi roli bilan tanilgan Fibi Daynevor ishtirokidagi «Qol» (Stay) filmining dastlabki materiallarini taqdim etdi. Filmga «Oltinchi sezgi» va «Split» filmlarining yaratuvchisi M. Nayt Shyamalan rejissyorlik qilgan.

Syujetga koʻra, oʻziga yopiq meʼmor Teyt dengiz boʻyidagi kichik shaharga koʻchib boradi va u yerda yangi loyiha ustida ishlaydi. U yerda Teyt sirli Ren bilan tanishadi. Ren unga atrofidagi dunyoga yana ochilishiga yordam beradi. Biroq vaqt oʻtishi bilan erkak bu joy bilan bogʻliq xavfli sirga tortilib ketadi.

Shyamalan hikoyani «Xotira kundaligi» va «Sevishga shosh» romanlari muallifi Nikolas Sparks bilan birga ishlab chiqqan. Yozuvchi bosh rollarni ijro etgan aktyorlarni allaqachon maqtab, ularning professionalligi va ekrandagi kimyosini taʼkidlagan.

Oktyabr oyida film kutilmaganda Beyond Fest festivalida namoyish etildi. Dastlabki tomoshabinlar kartinani ijobiy baholab, uni Shyamalan ijodidagi eng yaxshi ishlardan biri deb atashdi hamda romantika, mistika va qoʻrqinchli film janrining noodatiy uygʻunligini taʼkidlashdi.

«Qol» filmining xalqaro premyerasi 2027-yil 3-fevralga rejalashtirilgan.