Yulduzlar

Arnold Schwarzeneggerning oʻgʻli bodibilding turnirida kuchli beshlikdan joy oldi

Jozef Baena tabiiy bodibilding boʻyicha ilk professional turnirida beshinchi oʻrinni egalladi.

9-noyabr, 14:04По-русски

Read in English

legion-media.com

Arnold Schwarzeneggerning 29 yoshli oʻgʻli Jozef Baena PRO/AM Natural World Cup professional musobaqasida debyut qilib, Classic Physique Open toifasida beshinchi oʻrinni egalladi. Turnir 2026-yil 7-noyabrda boʻlib oʻtdi.

Sportchi kuchli beshlikdan joy olishni kutganini, shu bois natijadan mamnun ekanini aytdi. Shu bilan birga, u raqiblari mushaklar relyefi borasida yaxshiroq tayyorgarlik koʻrganini taʼkidladi. Kelgusida Baena qoʻllari, sonlarning orqa qismi va dumba mushaklarini rivojlantirishga koʻproq eʼtibor qaratmoqchi.

2026-yil mart oyida Jozef NPC Natural Colorado State Championships musobaqasida uchta oltin medalni qoʻlga kiritgan, aprel oyida esa INBA Iron Gladiator turniridagi gʻalabasidan soʻng professional karta olgan. «Mr. Olympia» unvonining yetti karra sohibi boʻlgan otasi oʻgʻlining sportdagi faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi va u bilan Venis-Bichdagi Goldʼs Gymʼda muntazam mashq qiladi.