ATEEZ ilk bor albomini birinchi haftada 2 mln nusxadan ortiq sotdi
Yangi GOLDEN HOUR : Part.6 mini-albomi yetti kun ichida 2 mln nusxadan ortiq sotilib, guruh rekordini yangiladi.

Janubiy koreyalik ATEEZ guruhi yangi GOLDEN HOUR : Part.6 mini-albomi orqali oʻzining sotuvlar boʻyicha rekordini yangiladi. Reliz 13-noyabr kuni chiqdi, birinchi hafta yakunidayoq esa 2 mln sotilgan nusxa koʻrsatkichidan oshdi.
Hanteo charti maʼlumotlariga koʻra, 13–19-noyabr kunlari albom 2 055 545 nusxada sotilgan. Shu tariqa ATEEZ faoliyati davomida ilk bor «ikki millionlik» maqomiga ega reliz chiqardi.
Guruhning avvalgi rekordi 1 885 712 nusxani tashkil etgan. Bu natijani joriy yilning avvalida chiqarilgan GOLDEN HOUR turkumining beshinchi mini-albomi qayd etgandi.
Yangi natija ATEEZ mashhurligi oshib borayotganini tasdiqlaydi va guruhning xalqaro K-pop sahnasidagi mavqeini mustahkamlaydi.
Yana oʻqing

U2 yangi Carnaval de Luz albomi bilan Billboardʼning uchta chartida yetakchilik qildi

Imron «Sevganingni bilmay qolsan» nomli yangi qoʻshigʻini taqdim etdi

