Avstraliyada stadion qurilishi haqida «Noldan» komediya seriali namoyish etildi
Komediya seriali syujetining markazida Avstraliyaning Xobart shahrida qiymati 1,13 mlrd dollar boʻlgan va 23 ming tomoshabinga moʻljallangan stadion qurish rejasi turadi.

Serial voqealari Avstraliya futbol ligasi rasmiysi Hyugo Shen atrofida kechadi. Unga Tasmaniyada yangi jamoa tuzish topshiriladi. Hyugo homiylar topishi va qimmat stadion qurish zarurligiga jamoatchilikni ishontirishi kerak. Klubning operatsion direktori Dastini xarajatlarni nazorat qilishga urinadi. Bosh qahramonni teleboshlovchi va komik Sem Peng, Dastinini Emma Harvi, Avstraliya futbol ligasi rahbari Alister Penfold rolini esa Josh MakKonvill ijro etgan.
ABC loyihasi sport byurokratiyasiga bagʻishlangan siyosiy satira janrida ishlangan. Birinchi mavsum olti yarim soatlik qismdan iborat.
Serial yaratuvchisi va ssenariy muallifi Gari MakKaffri Tasmaniyada stadion qurilishi atrofidagi real mojarodan ilhomlangan. Biroq «Noldan» — mojaroning hujjatli qayta tiklanishi emas, balki badiiy komediya. Ijodkorlar serialda tasvirlangan voqealar toʻqima ekanini taʼkidlamoqda.
Yana oʻqing

Ella Purnell ishtirokidagi «Dorogusha» trillerining ikkinchi mavsumi chiqdi

Cha Seung Von va Kim Do Hun yangi «Isteʼfodagi xodimlarni boshqarish boʻlimi» doramasida sobiq agentlar rolini ijro etadi

