Yulduzlar

Qariyb 200 ta film va serialda suratga tushgan aktyor Larri Poyndekster vafot etdi

Aktyor 18 noyabr kuni Los-Anjelesda uni avtomobil urib yuborganidan bir necha kun oʻtib vafot etdi.

19-noyabr, 13:25По-русски

Read in English

deadline.com

Larri Poyndeksterning yoshi xabarda koʻrsatilmagan. U juma kuni kechqurun Studio-Siti hududida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasidan soʻng vafot etdi. Aktyor ovqatni olib ketish uchun koʻchani kesib oʻtayotganida uni avtomobil urib yuborgan. Hodisadan keyin u shifoxonada yotgan va qovurgʻalari singani sababli operatsiya qilinishi kerak edi, biroq 18 noyabr kuni ertalab kutilmaganda vafot etdi.

Poyndeksterning aktyorlik faoliyati qirq yildan ortiq davom etgan. Uning eng mashhur rollaridan biri 2003-yilda suratga olingan «S.W.A.T.: Farishtalar shahri maxsus boʻlinmasi» jangovar filmidagi politsiya kapitani Tom Fuller obrazi boʻlgan. Filmda uning qahramoni Semyuel L. Jekson ijro etgan qahramonga qarshi turgan.

Televideniyeda aktyor oʻnlab seriallarda rol oʻynagan. U «Hayotimiz kunlari», «Santa-Barbara» va «Bosh shifoxona» seriallarida koʻringan, shuningdek, «Kvant sakrashi», «Nyu-York politsiyasi», «Onang bilan qanday tanishganim», «Doʻstlar», «Gʻayritabiiy», «Qalʼa», «Suyaklar» va «Yangi kelgan» loyihalarida rollar ijro etgan. Hozircha uning soʻnggi ekrandagi chiqishi shu yil «Linkoln advokat» serialining toʻrtinchi mavsumida boʻlgan.

Aktyorlik faoliyatidan tashqari, Poyndekster musiqa bilan ham shugʻullangan va 1990-yillarda The High Lonesome alternativ kantri guruhining vokalisti boʻlgan. 1995-yilda guruh Feel Free To Do So albomini chiqargan.

Aktyorning rafiqasi, taniqli kasting direktori Kerol Kritser va ikki oʻgʻli qoldi.