Paapa Essiedu taʼqiblarga qaramay nega Sneyp rolini ijro etishini aytdi
Aktyor taʼqiblarga qaramay bu rolni qabul qilishga nima undaganini aytdi.

Aktyor tushuntirishicha, u uchun ishning oʻzi eng muhim boʻlib qolgan: kasting qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tushungan boʻlsa-da, Sneyp rolini ijro etishga rozi boʻlgan.
Essieduning soʻzlariga koʻra, serial jamoasi internetdagi zaharli munosabatlar fonida uni qoʻllab-quvvatlagan. Avvalroq aktyor bu rol sabab irqchilikka asoslangan oʻlim tahdidlarini olganini aytgandi. Sodir boʻlgan voqealar esa uni Sneyp obrazini oʻz talqinida yaratishga undagan.
Qahramonning ilk surati allaqachon muhokamalarga sabab boʻldi. Serialda Sneyp yelkagacha tushadigan dredlar, zamokli charm kurtka va anʼanaviy tugmalangan mantiyalar oʻrniga erkin tushib turadigan qora plashda namoyon boʻladi. Essiedu qahramonning tashqi koʻrinishini puxta oʻylangan deb atadi: uning soʻzlariga koʻra, bu estetika Sneypning kimligini va atrofdagilarga kim boʻlib koʻrinishni istashini koʻrsatadi.
«Garri Potter va falsafa toshi» kitobi asosida ishlangan birinchi mavsum HBO Max platformasida 25 dekabr kuni chiqadi.
Yana oʻqing

Duran Duran guruhining sobiq gitaristi Endi Teylor vafot etdi

Bred Pitt va Anjelina Joli Fransiyadagi Château Miraval vino xoʻjaligi yuzasidan nizoni yakunladi

