P!nk Sphere konsert zalida rezidensiyaga ega boʻlgan ilk yakkaxon xonanda boʻladi
Kelasi yili xonanda Las-Vegasda oʻzining musiqiy faoliyatining turli bosqichlarini qamrab oladigan toʻqqizta konsert beradi.

Xonanda P!nk oʻzining ilk konsert rezidensiyasini eʼlon qildi. Konsertlar kelasi yil sentyabr va oktyabr oylarida Las-Vegasdagi The Sphere maydonida boʻlib oʻtadi. U bu sahnada bunday imkoniyatga ega boʻlgan ilk yakkaxon ijrochi boʻladi.
Jami toʻqqizta shou rejalashtirilgan. Xonandaning soʻzlariga koʻra, dastur uning faoliyatidagi asosiy bosqichlarni — muvaffaqiyatlardan tortib murakkab davrlargacha — aks ettiradi. P!nk, shuningdek, tomoshabinlarga avval konsertlarida namoyish etilmagan noodatiy chiqishlarni vaʼda qildi.
Eʼlon 2001 yilda chiqarilgan Missundaztood albomining 25 yilligi fonida yangradi. Albomga Donʼt Let Me Get Me va Just Like a Pill kabi mashhur qoʻshiqlar kiritilgan.
Iyun oyida xonanda Tony Awards 2026 marosimiga ham boshlovchilik qildi. Bu xonanda uchun yilning yana bir muhim voqeasi boʻldi.
Yana oʻqing

Duran Duran guruhining sobiq gitaristi Endi Teylor vafot etdi

Bred Pitt va Anjelina Joli Fransiyadagi Château Miraval vino xoʻjaligi yuzasidan nizoni yakunladi

