Yulduzlar

Ariana Grande Peacock uchun Eternal Sunshine turnesi haqidagi sirli loyihani eʼlon qildi

Xonanda oʻzining yaqinda boʻlib oʻtgan turnesi haqidagi konsert filmi yoki hujjatli loyiha chiqishiga ishora qiluvchi tizer eʼlon qildi.

24-noyabr, 16:25По-русски

Read in English

deadline.com

Ariana Grande Eternal Sunshine turnesiga bagʻishlangan yangi loyiha ustida ishlamoqda. Xonanda va Peacock striming platformasi konsert filmi yoki hujjatli film chiqishi mumkinligiga ishora qiluvchi qisqa tizerni eʼlon qildi.

Videoda Grande sahnada «Eternal Sunshine» qoʻshigʻini ijro etadi. Yakunda «Tez orada Peacockʼda» degan yozuv paydo boʻladi. Loyiha tafsilotlari va premyera sanasi hozircha oshkor qilinmagan.

Muxlislar xonanda turne haqida film ustida ishlayotgan boʻlishi mumkinligini uning rejissyor Kristian Breslauer va montajchi Endryu Morrow bilan tushgan posti eʼlon qilinganidan keyin taxmin qila boshlashgan. Breslauer avval Grande uchun «Yes, and?» va «We Canʼt Be Friends (Wait for Your Love)» kabi kliplarni suratga olgan. Morrow esa, oʻz navbatida, Beyoncéning «Renaissance: A Film by Beyoncé» nomli konsert filmi ustida ishlagan.

Eternal Sunshine turnesi Kanada, Buyuk Britaniya va AQShda boʻlib oʻtdi. U 6 iyun kuni Oklenddagi Oakland Arena arenasida boshlandi. Gastrol doirasida Grande Los-Anjeles, Ostin, Atlanta, Nyu-York, Chikago, Boston va Monrealda ham chiqish qildi. Konsertlar 1 sentyabr kuni xonanda oʻnta chiqish qilgan Londondagi The O2 arenasida yakunlandi.

Hozirda Grande Ben Stiller, Ouen Uilson va Robert De Niro bilan birga rol oʻynagan «Fockerlar: Yangi avlod» (Focker-in-Law) komediyasini ham targʻib qilmoqda. Filmning kinoteatrlardagi premyerasi 25 noyabrga rejalashtirilgan.