Yulduzlar

Jisoo BLACKPINK guruhidan Coachella 2027da chiqishi eʼlon qilingach tanqid qilindi

Muxlislar xonandaning dunyodagi eng yirik musiqiy sahnalaridan birida mustaqil ravishda chiqish qobiliyatiga shubha bildirdi.

12-noyabr, 15:05По-русски

Read in English

Pintrest @alm_f_b_ol_027 / Jisoo’s Coachella 2027 solo debut sparks debate… / indiatimes.com

Coachella musiqa festivali tashkilotchilari 2027 yilgi ishtirokchilar tarkibini eʼlon qildi. Roʻyxatdan Janubiy Koreyaning BLACKPINK guruhi aʼzosi Jisoo ham oʻrin oldi. U yakkaxon dastur bilan chiqishi kerak.

Biroq bu xabar muxlislarning quvonchiga sabab boʻlish bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlar toʻlqinini ham keltirib chiqardi. Ayrim foydalanuvchilar xonandaning vokal qobiliyatiga va bunday katta sahnada yakkaxon chiqishga tayyorgarligiga shubha bildirdi.

Xususan, sharhlovchilar konsert vaqtida kim kuylashi haqida savol berdi, boshqalari esa xonandaning chiqish istiqbollari ustidan kinoya qildi. Hatto BLACKPINK muxlislarining ayrimlari ham Jisoo mustaqil shouni ishonch bilan uddalay olishiga shubha bildirdi.

Shu bilan birga, ayrim foydalanuvchilar artistni himoya qilib, festival boshlanishidan hali oldin uning manziliga qaratilgan tanqidlar haddan tashqari ekanini taʼkidladi.