Kino

«Kit: Chuqurlik zulmatida» — kashalot ichida hayot uchun kurash haqidagi triller

Triller qahramoni kislorod zaxirasi tugashidan oldin dengiz gigantining oshqozonidan chiqib ketishi kerak.

30-oktabr, 13:37По-русски

Read in English

Кадры из к/ф / cdnrrviubnyuntopbez5.svc.cdn.yandex.net

16 oktabr kuni ekranlarga «Kit: Chuqurlik zulmatida» filmi chiqdi. Bu Daniel Kraus romanining ekranlashtirilgan talqini. Filmni avval «Seni hech kim qutqarmaydi» filmini suratga olgan Brayan Daffild rejissyorlik qilgan.

Syujet markazida 17 yoshli Jey Gardiner (Ostin Abrams) turadi. U otasi (Josh Brolin)ning qoldiqlarini topish uchun Monterrey sohillari yaqinida suvga shoʻngʻiydi. Ekspeditsiya vaqtida unga bahaybat kalmar hujum qiladi, shundan soʻng dayver 60 tonnalik kashalot tomonidan yutib yuboriladi. Hayvonning toʻrtta oshqozonidan biriga qamalib qolgan Jey chiqish yoʻlini bir soat ichida topishi kerak — uning kislorodi aynan shuncha vaqtga yetadi.

Filmda, shuningdek, Elizabet Shyu, Jeyn Levi, Emili Radd va Jon Ortis rollar ijro etgan. Filmni 20th Century Studios va Imagine Entertainment kompaniyalari ishlab chiqargan.

Filmga asos boʻlgan asar 2023 yilda nashr etilgan. Tanqidchilar romanni «Marslik» va «127 soat» asarlari bilan taqqoslab, ilmiy jihatdan asoslangan omon qolish hikoyasi bilan ota va oʻgʻil oʻrtasidagi murakkab munosabatlar haqidagi voqea uygʻunligini taʼkidlagan.