«Bridgerton» yulduzi Sabrina Bartlett Italiyada turmushga chiqdi
Aktrisa Toskanadagi marosimdan bir necha oy oʻtib, toʻy suratlarini eʼlon qildi.
9-noyabr, 10:00По-русски

dailymail.com
«Bridgerton» serialidagi Siena Russo roli bilan tanilgan Sabrina Bartlett biznesmen Lachi Stewartga turmushga chiqdi. Marosim 29-avgust kuni Italiyaning Toskanasida boʻlib oʻtgan, biroq aktrisa tantanadan olingan suratlarni faqat hozir ulashdi.
Juftlik qariyb uch yil uchrashib yurgan. Toʻyda kelin-kuyovning qarindoshlari va doʻstlari ishtirok etgan. Bartlett yaqinlariga u va turmush oʻrtogʻi bilan bu alohida kunni baham koʻrganlari uchun, tashkilotchilarga esa ularning orzusini roʻyobga chiqarganlari uchun minnatdorlik bildirdi.
Aktrisa «Bridgerton»dan tashqari «Taxtlar oʻyini» serialida ham suratga tushgan.



