«Garri Potter» seriali uchun Saralovchi qalpoq va arvohlar rollariga aktyorlar tanlandi
HBO Joan Rouling kitoblarining boʻlajak ekranlashtiruvi aktyorlar tarkibi yangi ijodkorlar bilan toʻldirilganini eʼlon qildi.

«Garri Potter» serialiga yangi aktyorlar qoʻshildi. «Uyatsizlar» seriali orqali tanilgan Devid Trelfoll Xogvarts oʻquvchilari qaysi fakultetga tushishini belgilaydigan Saralovchi qalpoqni ovozli ijro etadi.
Leo Bill Griffindor arvohi Deyarli boshsiz Nik rolini, Endryu Bruk Slizerinning Qonli baroni rolini, Deniyel Firn esa Puffenduyning Semiz rohibi rolini ijro etadi. Lora Smit Griffindor umumiy xonasiga kirish joyidagi portret — Semiz xonim rolini bajaradi.
«Garri Potter va falsafiy tosh» kitobi asosida suratga olingan birinchi mavsumning premyerasi 25 dekabr kuni HBO va HBO Max teleplatformalarida boʻlib oʻtadi. Ayni paytda «Maxfiy xona» asari motivlari asosidagi davomi ustida ishlar allaqachon boshlangan.
Yana oʻqing

Ella Purnell ishtirokidagi «Dorogusha» trillerining ikkinchi mavsumi chiqdi

Cha Seung Von va Kim Do Hun yangi «Isteʼfodagi xodimlarni boshqarish boʻlimi» doramasida sobiq agentlar rolini ijro etadi

