Kino

Jonathan Beyli va Bill Nayi Oliver Saks bilan ishqiy munosabatlar haqidagi filmda rol oʻynaydi

«Bridgerton» va «Yashash» yulduzlari yozuvchi Bill Heyz xotiralarining ekranlashtirilishida bosh rollarni ijro etadi.

11-noyabr, 15:53По-русски

Read in English

hollywoodreporter.com

Jonathan Beyli va Bill Nayi Insomniac City filmi aktyorlar tarkibiga boshchilik qiladi. Loyihaga «Kuryer» va «Sohilda» filmlari bilan tanilgan Dominik Kuk rejissyorlik qiladi.

Beyli yozuvchi va fotograf Bill Heyz obrazini, Nayi esa taniqli nevrolog Oliver Saks obrazini gavdalantiradi. Syujet Heyzning 2017-yilgi xotiralariga asoslangan boʻlib, uning ogʻir yoʻqotishdan keyin Nyu-Yorkka koʻchib borishi haqida hikoya qiladi. U yerda Heyz nafaqat katta shahardagi hayotni qaytadan kashf etadi, balki oʻzaro romantik munosabatlar boshlanadigan Saks bilan ham tanishadi.

Saks «Xotinini shlyapa deb oʻylagan odam» va «Uygʻonishlar» kitoblari bilan tanilgan. Ikkinchi asar Robin Uilyams va Robert De Niro ishtirokidagi xuddi shu nomdagi, Oskar nominatsiyasiga sazovor boʻlgan ekranlashtirilishi tufayli ham mashhur boʻlgan.

Ssenariyni Kuk Heyz bilan birgalikda yozgan. Filmni Altitude ishtirokida Brouhaha Entertainment kompaniyasi ishlab chiqaradi.