Seriallar

Netflix kult komiks «Grendel» asosida kattalar uchun animatsion serial suratga oladi

Striming xizmati 2022-yilda suratga olish ishlari yakunlangan badiiy ekranlashtirish bekor qilinganidan soʻng Mett Vagner komiksiga qaytmoqda.

19-noyabr, 15:29По-русски

Read in English

kinonews.ru

Netflix Mett Vagnerning «Grendel» (Grendel) komiksi asosida kattalar auditoriyasi uchun animatsion serial buyurtma qildi. Hikoya markazida yozuvchi Hanter Rouz turadi: u sevgan ayoli oʻldirilganidan soʻng sirli niqobdagi qasoschiga aylanadi va Nyu-Yorkdagi jinoyat olamiga qarshi urush eʼlon qiladi. Loyiha ustida «Bevalar qoʻltigʻi» serialida ishlagan Bobak Esfaryaniy ishlamoqda.

Qotilni izlash qahramonni koʻcha toʻdalari, shahar elitasi vakillari va gʻayritabiiy yerosti dunyosi aholisi bilan qarama-qarshilikka olib kiradi. Bora-bora qasos Hanter uchun oʻzi bilan kurashga aylanadi: u avvalgi hayotiga qayta oladimi yoki butunlay mahluqqa aylanadimi — shuni hal qilishi kerak boʻladi.

Bu Netflixning komiksni ekranlashtirishga ikkinchi urinishi. 2021-yilda servis Abubakr Ali bosh rolni ijro etadigan sakkiz qismli badiiy serialga buyurtma bergan edi. Birinchi mavsumni suratga olishga ulgurishgan, biroq kompaniya 2022-yil sentabrida loyihani chiqarishdan voz kechgan.

Asl komiks ilk bor 1982-yilda Comico nashriyotida chiqqan, keyinchalik esa Dark Horse Comicsʼga oʻtgan. Yillar davomida seriya turli qahramonlar, davrlar va syujet yoʻnalishlariga ega keng koʻlamli sagaga aylangan.

Premyera sanasi, qismlar soni va ovoz beruvchi aktyorlar hozircha eʼlon qilinmagan.