Yulduzlar

Duran Duran guruhining sobiq gitaristi Endi Teylor vafot etdi

Musiqachi 23 noyabr kuni 65 yoshida onkologik kasallik bilan uzoq davom etgan kurashdan soʻng vafot etdi.

26-noyabr, 15:09По-русски

Read in English

t.me

Britaniyalik musiqachi, Duran Duran guruhining sobiq gitaristi Endi Teylor 23 noyabr kuni 65 yoshida vafot etdi. Uning oʻlimiga sanʼatkor uzoq vaqt davomida kurashib kelgan prostata bezi saratoni sabab boʻldi.

Teylor Duran Duran guruhiga 1980 yilda qoʻshildi va 1980-yillarning eng mashhur britaniyalik guruhlaridan biriga aylangan jamoaning shakllanishida ishtirok etdi. 1985 yilda gitarachi guruhning asosiy tarkibini tark etdi, biroq keyinchalik musiqachilar bilan yana hamkorlik qildi va yana ikkita albom yozilishida ishtirok etdi.

Uning Duran Duran tarixidagi hissasi guruh xalqaro miqyosda eng katta muvaffaqiyatga erishgan davr bilan bogʻliq.