Seriallar

Tayler Pozi Netflixning Myron Bolitar seriali aktyorlar tarkibiga qoʻshildi

«Boʻri bolasi» yulduzi Harlan Koben kitoblari asosida suratga olinayotgan detektiv serialning uchta epizodida paydo boʻladi.

20-noyabr, 12:29По-русски

Read in English

deadline.com

Tayler Pozi Harlan Kobenning detektiv romanlar turkumiga asoslangan Netflixning Myron Bolitar serialida mehmon rolini oldi. Aktyor loyihaning uchta epizodida koʻrinadi.

Pozi badavlat oiladan chiqqan jozibali, oʻziga ishongan va sportchi yigit rolini oʻynaydi. Uning qahramoni — taniqli siyosatchining oʻgʻli boʻlib, istagan narsasiga erishishga odatlangan. Biroq u gʻazablangan paytida jismoniy tajovuzkorlik namoyon qilishi mumkin.

Serialdagi bosh rolni Kolin Vudell ijro etadi. Aktyorlar tarkibiga, shuningdek, Key Jey Apa va Dayan Gerrero ham qoʻshilgan. Voqealar markazida sobiq basketbolchi Myron Bolitar turadi: u sport jarohatidan soʻng agentga aylanadi va professional sport olami bilan bogʻliq xavfli vaziyatlarga aralashib qoladi.

Loyihaning yaratuvchilari — Devid E. Kelli va Kayl Long.

Tayler Pozi «Boʻri bolasi» serialidagi Skott Makkol roli bilan eng koʻp tanilgan. Uning boshqa ishlari qatorida «Soʻnggi yoz» va «Ring qirolichasi» filmlari, shuningdek, «Hozir — apokalipsis» seriali ham bor.