Yulduzlar

The Game albomi nominatsiyasiz qolgach, Grammyʼni tanqid qildi

Raper The Game oʻzining The Documentary III albomi birorta ham nominatsiya olmaganidan soʻng Grammyʼni xip-xopga nisbatan xolis boʻlmaslikda aybladi.

18-noyabr, 15:53По-русски

Read in English

billboard.com

Amerikalik raper The Game 2027-yilgi Grammy mukofotida nominatsiya ololmaganidan noroziligini bildirdi. Uning avgust oyida chiqarilgan The Documentary III albomi 16-noyabr kuni eʼlon qilingan daʼvogarlar roʻyxatidan joy olmadi.

Artist Instagramʼda chiqish qilib, Recording Academy va mukofotning xip-xopga munosabatini tanqid qildi. Shu bilan birga, u «Eng yaxshi rep-albom» nominatsiyasiga kirgan Wale, Don Toliver, Rapsody va Ye nomzodlarini tabrikladi, biroq oʻz ijodi ham eʼtirofga loyiq boʻlganini aytdi.

The Game, shuningdek, yangi boshlayotgan musiqachilarga mukofotlar uchun oʻz prinsiplaridan voz kechish, industriya standartlariga amal qilish yoki mustaqillikni saqlab, sukut saqlashdan birini tanlashni maslahat berdi. Uning soʻzlariga koʻra, 2006-yilda tizimga qarshi borishga qaror qilganidan keyin industriyada uni noqulay artist sifatida qabul qila boshlashgan.

Boshlovchi Charlamagne Tha God The Breakfast Club dasturi efirida raperning fikrlarini tanqid qilib, nominatsiya yoʻqligi boshqa ijrochilar eʼtirofni insofsiz yoʻl bilan olganini anglatmasligini taʼkidladi.

The Game faoliyati davomida Grammy mukofotiga ikki marta nomzod boʻlgan — u ikkala nominatsiyani ham 2006-yilda 50 Cent bilan birgalikda ijro etgan Hate It or Love It qoʻshigʻi uchun olgan. Qoʻshiq Billboard Hot 100 reytingida ikkinchi oʻringa koʻtarilgan.