Pak Min Yon va Yuk Son Je «Toʻqqizdan oltigacha» doramasi prevyusida romantik sahnani namoyish etdi
SBS sevgiga munosabatini oʻzgartiradigan insonni kutilmaganda uchratgan ishga mukkasidan ketgan ayol haqidagi serialning birinchi qismidan parcha taqdim etdi.

SBS telekanali Pak Min Yon va Yuk Son Je bosh rollarni ijro etgan «Toʻqqizdan oltigacha» (Nine to Six) romantik doramasining yangi treylerini eʼlon qildi. Serialning premyerasi 25 noyabr kuni boʻlib oʻtdi.
Pak Min Yon oʻn yillik tajribaga ega, mehnatkash yuridik boʻlim rahbari oʻrinbosari Kan I Ji rolini ijro etadi. Doimiy bandligi sababli qahramon ayol shaxsiy hayotini anchadan beri ikkinchi oʻringa surib qoʻygan. Yuk Son Je esa mehribonligi va qatʼiyati bilan ajralib turadigan, quvnoq stajyor Han Son U rolida namoyon boʻladi.
Eʼlon qilingan parchada Son U parkda I Jini uchratadi va uning anchadan beri ovqatlanmaganini payqab, unga energetik ichimlik taklif qiladi. Keyinroq qahramon ayol yaqinda restoranda unga omma oldida turmush qurishni taklif qilgan yigiti Kim Dong Sokdan qoʻngʻiroq oladi. Erkak qizning qayerda ekanini tilga olganida, suhbat kutilmaganda yakunlanadi.
Shundan soʻng Son U butun bir paket pishiriq bilan qaytib keladi va I Jiga turli ichliklar solingan pishiriqlardan birini tanlashni taklif qiladi. Odatda vazmin boʻlgan qahramon ayol paket ichiga qiziqib qaraydi, bu esa yigitni kulimsiratadi.
Hikoya bir-biridan mutlaqo farq qiladigan ikki insonning uchrashuvi ularning munosabatlar, ish va oʻz hayotiga boʻlgan qarashlarini qanday oʻzgartirishi haqida.
Yana oʻqing

Ella Purnell ishtirokidagi «Dorogusha» trillerining ikkinchi mavsumi chiqdi

Cha Seung Von va Kim Do Hun yangi «Isteʼfodagi xodimlarni boshqarish boʻlimi» doramasida sobiq agentlar rolini ijro etadi

