Kino

Robert Rodriges «Nyu-Yorkdan qochish» remeykida Zak Snayderning oʻrnini egallashi mumkin

Jon Karpenter kult jangovar filmining yangi talqinida Snayderning ishtiroki hozircha soʻroq ostida ekanini, loyiha uchun muqobil nomzod paydo boʻlganini aytdi.

23-noyabr, 14:23По-русски

Read in English

kino.mail.ru

«Nyu-Yorkdan qochish» filmining remeyki Zak Snaydersiz qolishi mumkin. Asl film rejissyori Jon Karpenter rejissyorning loyihadagi ishtiroki hozircha aniq emasligini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, Snayder film ustidagi ishga qaytishga urinmoqda, biroq yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

Karpenter ehtimoliy oʻrinbosar sifatida Robert Rodrigesni tilga oldi. Rejissyorning aytishicha, Rodriges hikoyaning yangi talqini uchun oʻz gʻoyasiga ega va uni amalga oshirish bilan shugʻullanishni istaydi.

Snayder remeykning rejissyori va ssenariy muallifi etib tayinlangani haqida 2026-yil iyunida eʼlon qilingan edi. Loyihani StudioCanal The Picture Company bilan hamkorlikda ishlab chiqmoqda, Karpenter esa unda ijrochi prodyuser sifatida qatnashmoqda.

Avvalroq Snayder film haqidagi qarashlarini bayon qilgan edi. U voqealar rivojini 1981-yildagi asl filmda boʻlgani kabi 1997-yilda qoldirishni, voqealarni birinchi film chiqqan davr nuqtayi nazaridan koʻrsatishni rejalashtirgan. Rejissyor, shuningdek, manba asarning retrofuturistik muhitini qayta yaratib, davlatning fuqarolar hayotiga haddan tashqari aralashuvi mavzusiga toʻxtalmoqchi boʻlgan.