Bred Pitt yangi Jeyms Bond filmida bosh yovuz qahramonni oʻynashni taklif qildi
Aktyor Robert Pattinsonning 007-agent roliga tanlanganini qoʻllab-quvvatladi va Deni Vilyov filmida uning raqibiga aylanishga tayyorligini bildirdi.

Bred Pitt yangi Jeyms Bond filmida antagonist rolini oʻynashni istashini aytdi. Aktyor Robert Pattinsonning 007-agent roliga tanlangani haqida fikr bildirib, hazil aralash film ijodkorlariga oʻz nomzodini taklif qildi.
Bu haqda u «Kliff Butning yangi sarguzashtlari» filmi premyerasida gapirdi. Pitt tadbirgacha Pattinsonning tanlangani haqida bilmaganini, biroq bu qarorga ijobiy munosabatda boʻlganini tan oldi. Uning soʻzlariga koʻra, unga hamkasbining ijodiy tanlovi maʼqul boʻlgan va u Pattinsonni haqiqiy professional deb hisoblaydi.
Jurnalistlar undan yangi Bondning raqibi rolini oʻynashga rozi boʻladimi, deb soʻrashganida, aktyor ijobiy javob berdi. U, shuningdek, «007: Skayfoll koordinatalari» filmida yovuz qahramon Raul Silva rolini ijro etgan Xavyer Bardemni esladi va bunday ish oson boʻlmasligini taʼkidladi.
Keyinroq Pitt bu mavzuga yana qaytib, rejissyor Deni Vilyovga ochiq murojaat qildi va loyihaga qoʻshilishga tayyorligini bildirdi.
Florens Pyu ham yovuz qahramon rolini oʻynash istagini bildirdi. Aktrisa Bond rolini ijro etuvchining tanlangani munosabati bilan Vilyovga tabrik yozganini va filmda ayol antagonist uchun joy topiladimi, deb soʻraganini aytdi.
Hozircha Pitt yoki Pyuning yangi filmda ishtirok etishi haqida rasmiy eʼlonlar berilmagan.



