Kino

Aleksandr Skarsgard ishtirokidagi «Toʻqilgan er» (Wicker) filmi memlar tufayli virusdek tarqaldi

Oliviya Kolman, Piter Dinkleyj va Aleksandr Skarsgard ishtirokidagi romantik fentezi jahon prokatida $37 mln dan ortiq mablagʻ toʻpladi.

19-noyabr, 17:48По-русски

Read in English

hollywoodreporter.com

«Toʻqilgan er» (Wicker) filmi ijodkorlari kartinaning ijtimoiy tarmoqlardagi kutilmagan mashhurligi, virusdek tarqalgan memlar va prokatdagi muvaffaqiyatidan bahramand boʻlmoqda. Bu haqda operator Lol Krouli Polshada oʻtkazilgan Camerimage festivalida film namoyishi chogʻida soʻzlab berdi.

Eleanor Uilson va Aleks Xyuston Fisher rejissyorlik qilgan kartina yolgʻiz ayol (Oliviya Kolman) haqida hikoya qiladi. U savat toʻqish ustasiga (Piter Dinkleyj) sunʼiy er (Aleksandr Skarsgard) yasatishga buyurtma beradi.

Kroulining aytishicha, film yanvar oyida «Sandens» festivalidagi premyerasidan va treyleri chiqqanidan keyin internetda kutilmaganda ommalasha boshlagan. Operator virusdek tarqalgan muvaffaqiyat namunalari qatorida memlar, Skarsgard qahramoni tasvirlangan noodatiy mahsulotlar, jumladan aktyorning kartondan yasalgan figuralari, hatto toʻqilgan koʻkrak uchlari tasvirlangan tematik buyumlarni ham tilga oldi.

Film kinoteatrlarda 23 oktabrda namoyish etila boshlagan. Hozirga qadar u AQShda $23,7 mln, xalqaro bozorlarda esa yana $13,4 mln daromad keltirdi. Krouli loyihani avvalgi ishlaridan farq qiladigan qorongʻi ertak deb atadi, biroq suratga olish jarayoni uning uchun nihoyatda yoqimli tajriba boʻlganini tan oldi.

Avvalroq operator «Brutalist» filmi ustidagi ishi uchun «Oskar» va Camerimageʼning «Oltin qurbaqa» mukofotiga sazovor boʻlgan.