Seriallar

Netflix «Jismoniy kuch: Osiyo» realiti-shousini ikkinchi mavsumga uzaytirdi

Osiyo mamlakatlari jamoalari ishtirokidagi xalqaro sport musobaqasining davomi platformada 2027-yilda namoyish etiladi.

19-noyabr, 15:01По-русски

Read in English

deadline.com

Netflix «Jismoniy kuch: Osiyo» (Physical: Asia) realiti-shousini rasman ikkinchi mavsumga uzaytirdi. Turli Osiyo mamlakatlari jamoalari murakkab jismoniy sinovlarda bellashadigan loyihaning davomi tomoshabinlar uchun 2027-yilda taqdim etiladi.

Birinchi mavsum 2025-yil oktabrda boshlandi va ketma-ket uch hafta Netflixʼning global reytingidagi eng mashhur oʻnta loyiha qatoridan joy oldi. Ishtirokchilar mahalliy anʼanalar va madaniyatdan ilhomlangan sinovlarni bajarib, oʻz mamlakatlarini namoyish etdilar.

Shouning muvaffaqiyati franshizaning xalqaro miqyosda kengayishiga yordam berdi. Platformada «Jismoniy kuch: Meksika» va «Jismoniy kuch: Italiya» versiyalari ham paydo boʻldi, ularning har biri global top-10 reytingida ikki hafta boʻldi. Meksika versiyasi allaqachon davom ettirildi, AQSh, Fransiya va Shvetsiya versiyalari esa ishlab chiqilmoqda.

Netflixʼning kontent boʻyicha direktori Yu Kihvan dastlab koreyscha musobaqa formati konsepsiyaning universalligi va ishlab chiqarishning yuqori sifati tufayli xalqaro franshizaga aylanganini taʼkidladi.

Prodyuser Chan Hogi ikkinchi mavsumda sinovlarning mutlaqo yangi dunyosi, noodatiy strategiyalar va kutilmagan qarama-qarshiliklar taklif etilishini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, ijodkorlar nafaqat musobaqa koʻlamini kengaytirishni, balki franshizaning oʻziga xos belgisiga aylanishi mumkin boʻlgan topshiriqlarni ham taqdim etishni rejalashtirmoqda.