Son Kan Ho «Arvoh» tarixiy komediyasida bosh rolni ijro etadi
Aktyor tasodifan yaponiyalik dezertirni asirga oladigan va hayotini oʻzgartirish umidida safarga chiqadigan togʻli qishloq aholisi vakili rolini ijro etadi.

Son Kan Ho «Arvoh» (Heokgaebi) tarixiy komediyasida bosh rolni oldi. Hive Media Corp kompaniyasi 20 noyabr kuni film ustidagi ishlar boshlanganini maʼlum qildi va aktyor bilan navbatdagi hamkorlikdan xursandligini bildirdi.
Film syujeti tasodifan asirga olingan yapon askari bilan birga Hanyangga — hozirgi Seulga — yoʻl olayotgan olis togʻli qishloq aholisi haqida hikoya qiladi. Son Kan Ho Pxongan viloyatida yashovchi Il Bon rolini ijro etadi. U yaponiyalik dezertirni asirga olganidan soʻng, taqdirini oʻzgartirish uchun kutilmagan imkoniyatdan foydalanishga qaror qiladi.
Film rejissyori sifatida «Qaroqchilar», «Kooperatsiya 2: Internatsional» va «Himolaylar» filmlari bilan tanilgan Li Sok Xun ishtirok etadi. Ijodkorlar noodatiy qahramonlar, kulgili vaziyatlar va qiziqarli hikoyani vaʼda qilmoqda.
Ayni paytda Son Kan Ho «Bogʻbonlar» filmining chiqishiga ham tayyorgarlik koʻrmoqda.



