Yulduzlar

Elayja Vud yangi «Uzuklar hukmdori» filmida Frodo roliga qaytgani haqida soʻzladi

Aktyor 20 yildan koʻproq vaqt oʻtib hobbit obraziga qaytishni syurrealistik deb atadi va oʻtgan vaqtni deyarli his qilmaganini tan oldi.

13-noyabr, 11:19По-русски

Read in English

deadline.com

Elayja Vud «Uzuklar hukmdori: Gollum ovi» filmida Frodo roliga qaytganidan olgan taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi. Aktyor yana hobbit kostyumini kiyib koʻrdi va asl trilogiya suratga olinganidan beri juda oz vaqt oʻtgandek his qildi.

Vudning soʻzlariga koʻra, suratga olish maydoniga qaytish bir vaqtning oʻzida ham ajoyib, ham syurrealistik boʻlgan. Unga tanish kostyum va obrazning boshqa unsurlari, jumladan, hobbitning oyoqlari, oʻtmishga toʻliq qaytgandek tuygʻu bergan.

Filmga Endi Serkis rejissyorlik qildi, u Gollum roliga ham qaytadi. Ian MakKellen Gandalf obrazida, Li Peys esa Tranduil rolida yana suratga tushadi. Aktyorlar tarkibining yangi ishtirokchilari orasida Anya Teylor-Joy, Keyt Uinslet, Jeymi Dornan va Leo Vudall bor.

Syujet Aragornning Gollumni topishga urinishi haqidagi xavfli sayohatni hikoya qiladi. Aragorn Gollum Sauronga Yagona uzukning joylashgan manzilini oshkor qilishidan oldin uni topishga harakat qiladi. Film suratga olish ishlari allaqachon yakunlangan. Jahon premyerasi 2027-yil 17-dekabrga rejalashtirilgan.