Kino

Kristofer Nolanning «Odisseya» filmi prokatni 1,8 milliard dollar daromad bilan yakunlaydi

Film 18 yoshdan kattalar uchun moʻljallangan R reytingli filmlar orasida eng kassabop kartinaga aylandi.

26-oktabr, 14:51По-русски

Read in English

Кадр из к/ф «Одиссея» / cdnrrviubnyuntopbez5.svc.cdn.yandex.net

Tahlilchilar «Odisseya» kinoprokatni 1,8 milliard dollar natija bilan yakunlashini kutmoqda. Filmga 2 milliard dollarlik marraga yetish uchun qariyb 200 million dollar yetishmaydi, deb xabar beradi Culture Crave.

Kartina Troya urushidan keyin Itaka podshohi Odisseyning uyiga qaytishi va boshdan kechirgan sinovlari haqida hikoya qiladi. «Odisseya» toʻliq IMAX kameralarida suratga olingan ilk film boʻldi.