Mayli Sayrus musiqachi Maks Morandoga turmushga chiqdi
Mayli Sayrus va Maks Morando 21 noyabr kuni Palm-Springs shahrida yaqinlari va doʻstlari davrasida toʻy qilishdi.

Mayli Sayrus va barabanchi Maks Morando 2026 yil 21 noyabr kuni Palm-Springs shahrida turmush qurdi. Marosim Frenk Sinatraning sobiq uyi — Twin Palms hududida, basseyn yonida, juftlikning qarindoshlari va doʻstlari ishtirokida oʻtkazildi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bayramga qariyb 140 mehmon tashrif buyurgan.
33 yoshli xonanda toʻy uchun uzun yengli, orqasi ochiq oq ipak koʻylakni tanladi. U obrazini uchi oʻtkir tuflilar va yigʻilgan soch turmagi bilan toʻldirdi. Hudud oq gullardan yasalgan ark bilan bezatildi. Bayramning asosiy motivi kelin-kuyovning bosh harflari — M+M boʻldi.
Twin Palms uyi meʼmor E. Styuart Uilyams tomonidan loyihalashtirilib, 1947 yilda qurilgan. Mayli va Maks 2025 yil dekabrida unashtirilganini eʼlon qilgan. Xonanda avvalroq musiqachi Osiyo boʻylab birga sayohat qilgan paytida unga turmush qurishni taklif qilganini, bu syurpriz esa mutlaqo kutilmagan boʻlganini aytgandi.
Yana oʻqing

Duran Duran guruhining sobiq gitaristi Endi Teylor vafot etdi

Bred Pitt va Anjelina Joli Fransiyadagi Château Miraval vino xoʻjaligi yuzasidan nizoni yakunladi

