Nikolas Keyj «Oʻrgimchak-Nuar» serialining ikkinchi mavsumi boʻlmasligidan xursand
Aktyor Ben Reyli haqidagi hikoya yakunlangan deb hisoblaydi va davomida bir xil rolni takrorlashni istamaydi.

Nikolas Keyj «Oʻrgimchak-Nuar» serialining ikkinchi mavsumi bekor qilinganidan keyin yengil tortganini tan oldi. Aktyorning fikricha, uning qahramoni — Ben Reyli haqidagi hikoyani aytib berish uchun bir mavsumning oʻzi kifoya.
Keyj IGN nashriga bergan intervyusida davomi qahramonning noodatiy obraziga boʻlgan qiziqishni tezda soʻndirishi mumkinligini tushuntirdi. U, shuningdek, bir xil rolni takrorlashni va bu obraz tomoshabinlarni zeriktirib qoʻyishi xavfini istamaydi. Aktyor natijadan mamnun va birinchi mavsum vaqt oʻtishi bilan ham oʻz yangiligini saqlab qoladi, deb hisoblaydi.
Amazon bilan hamkorlik qilishni istamasligining yana bir sababi sunʼiy intellekt borasidagi kelishmovchiliklar boʻldi. Keyj serialni yaratishda sunʼiy intellektdan foydalanishga ruxsat beruvchi hujjatni imzolashdan bosh tortdi va inson ijodini texnologiyalar bilan almashtirishga urinishlarni tanqid qildi.
Yana oʻqing

Duran Duran guruhining sobiq gitaristi Endi Teylor vafot etdi

Bred Pitt va Anjelina Joli Fransiyadagi Château Miraval vino xoʻjaligi yuzasidan nizoni yakunladi

