Seriallar

Deyv Batista Amazonning «God of War» serialida Kratos rolini ijro etadi

Aktyor dastlab bosh rolga tasdiqlangan Rayan Xerstning oʻrnini egalladi.

30-oktabr, 15:59По-русски

Read in English

scandisk / Wallpapers.com.

Serial syujetining markazida Kratos va uning oʻgʻli Atrey turadi. Kratosning rafiqasi vafot etgach, ular uning kulini toʻqqiz olamdagi eng baland choʻqqiga sochish uchun yoʻlga chiqadi. Safar davomida qahramonlar Skandinaviya xudolari va maxluqlariga duch keladi, ota va oʻgʻil esa murakkab munosabatlarini yoʻlga qoʻyishga majbur boʻladi.

Dastlab Kratos rolini Rayan Xerst («Anarxiya oʻgʻillari», «Yurib yurgan oʻliklar») ijro etishi kerak edi. Biroq aktyor bisepsidan jarohat olgach, serial ustidagi ishlar toʻxtatildi, keyin esa rol «Galaktika qoʻriqchilari» filmlari bilan tanilgan Deyv Batistaga berildi.

Aktyorlar tarkibiga, shuningdek, Kallum Vinson (Atrey), Mendi Patinkin (Odin), Oulavyur Darri Oulafsson (Tor), Tereza Palmer (Sif), Ed Skreyn (Baldr) va Sonya Volger (Freyya) qoʻshildi. Oʻyinlarda Mimirga ovoz bergan Alaster Dunkan ushbu rolga qaytadi.

Ronald D. Mur («Galaktika» yulduz kemasi, «Insoniyat uchun») shouranner boʻldi. Dastlabki ikki epizodni «Syogun», «Boys» va «Fallout» loyihalari rejissyori Frederik E. O. Tua suratga oladi. Amazon ikki mavsumga buyurtma bergan, ulardan birinchisi oʻnta qismdan iborat boʻladi.