Kino

Metyu Lillard «Supermen: Ertangi kun odami» filmidagi nomaʼlum roliga rasman ishora qildi

Aktyor uning qahramonini komikslardan izlash kerak emasligini aytdi, film premyerasi esa 2027-yil 9-iyulga rejalashtirilgan.

28-oktabr, 14:26По-русски

Read in English

JoJo Whilden/Disney / polygon.com

Metyu Lillard «Supermen»ning davomi boʻlgan «Supermen: Ertangi kun odami» filmida hozircha ochiqlanmagan rolni qoʻlga kiritdi. Aktyor intervyuda filmda paydo boʻlishini «juda Jeyms Ganncha lahza» deb atadi va tomoshabinlar uning qahramonini komikslardan haddan tashqari astoydil izlamasliklari kerakligini qoʻshimcha qildi. Bu qahramon film uchun maxsus yaratilgan yoki DC arxivining kam tanilgan qismidan olingan boʻlishi mumkinligini anglatadi.

Avvalroq muxlislar orasidagi asosiy taxminlardan biri Lillard ekranda Ezra Miller ijro etgan Barri Allen rolini oʻynashi haqidagi faraz edi. Jeyms Gann avval ham oʻzining DC loyihalari uchun original qahramonlar yaratgan, biroq bunday variant Lillard qahramonining kelajakdagi kinematografik olamda kamroq koʻzga tashlanishiga olib kelishi mumkin.

Filmda Devid Korensvet yana Supermen rolini, Nikolas Holt esa Leks Lyutor rolini ijro etadi. Qahramonlar Lars Aydinger ijro etadigan Brayniakka qarshi vaqtinchalik ittifoq tuzishlariga toʻgʻri keladi. Kartinada, shuningdek, Reychel Brosnaxen, Skayler Jizondo, Izabela Mersed, Frenk Grillo, Mariya Gabriela de Fariya, Sara Sampayo, Milli Olkok, Aaron Pyer va Adria Arxona ham suratga tushadi.