Disney «Xor» serialini qayta ishga tushirishni rasman eʼlon qildi
Original serial hammuallifi Rayan Myorfi loyiha ishida qatnashmoqda, biroq yangi serial tafsilotlari va aktyorlar tarkibi hozircha oshkor etilmadi.

Disney va Hulu «Xor» serialini qayta ishga tushirish loyihasi rasman ishlab chiqarila boshlanganini eʼlon qildi.
Loyiha hali dastlabki bosqichda. Unga original serialni ham namoyish etgan 20th Television kompaniyasi masʼul. Original serial 2009-yildan 2015-yilgacha olti mavsum davomida efirga uzatilgan.
Avvalroq Rayan Myorfi avvalgi aktyorlar tarkibidagi taxminan 10 nafar aktyor bilan aloqada ekanini aytgandi. Serial hammualliflari Bred Falchak va Ian Brennan ham qayta ishga tushirish loyihasi ssenariysi ustida ishlagan. Bu loyiha original serial voqealarini davom ettirishi, butunlay yangi versiyaga aylanmasligini anglatishi mumkin.
Yana oʻqing

Ella Purnell ishtirokidagi «Dorogusha» trillerining ikkinchi mavsumi chiqdi

Cha Seung Von va Kim Do Hun yangi «Isteʼfodagi xodimlarni boshqarish boʻlimi» doramasida sobiq agentlar rolini ijro etadi

