Netflix 2027-yilda Magic: The Gathering asosidagi animatsion serialni chiqaradi
«Planeswalker» deb nomlangan loyiha oʻyin olamidagi muhim qahramon ayollardan biri — Chandra Nalaar haqida hikoya qiladi.

Netflix kolleksion karta oʻyini Magic: The Gathering asosida yaratilgan «Planeswalker» animatsion serialini 2027-yilda namoyish etadi. Loyihaning dastlabki kadrlari oʻyin syujeti yoʻnalishi rahbari Roy Grema ishtirokidagi maxsus videoroligida koʻrsatildi.
Hikoya markazida olov sehrini boshqaradigan va murakkab oʻtmishini yashiradigan qudratli sehrgar ayol Chandra Nalaar boʻladi. U boshqa Planeswalkerlar bilan birga ularning dunyolarini yoʻq qilish bilan tahdid qilayotgan sirli kuchga qarshi turishi kerak.
Ijodkorlar har bir dunyo oʻziga xos vizual uslub, animatsiya va kinematografik yondashuvga ega boʻlishini vaʼda qilmoqda.
Ekranlashtirishning dastlabki rejalari 2019-yilda paydo boʻlgan, oʻshanda loyiha ustida Jo va Entoni Russo ishlagan. Biroq loyihaning dastlabki varianti amalga oshmadi, 2024-yilda esa Netflix konsepsiyani toʻliq qayta ishlab chiqishga qaror qildi.



