“Kinopoisk”da ikki opa-singil va soyalar olami haqidagi “Sehrlanganlar” fentezi seriali namoyish etildi
Bosh qahramon halok boʻlgan opa-singilini tiriltirish uchun toʻqqiz kun ichida tirik suvni topishi kerak.

“Kinopoisk”da fentezi, detektiv, drama va yoʻl filmi unsurlarini uygʻunlashtirgan “Sehrlanganlar” serialining premyerasi boʻlib oʻtdi. Loyihaning dastlabki ikki qismi 14-noyabr kuni tomoshabinlar uchun taqdim etildi.
Voqealar Iskry shahrida kechadi. Bu yerda oddiy odamlar bilan yonma-yon soyalar olami ham mavjud. Egizak opa-singillar Zlata va Marya bir-biridan keskin farq qiladi: Zlata olamlar oʻrtasidagi chegaraning qoʻriqchisi boʻlishga tayyorlanayotgan boʻlsa, Marya oddiy insoniy hayot haqida orzu qiladi. Biroq Marya narigi olamga portal ochganidan soʻng, Zlata halok boʻladi. Endi qiz opa-singilini qutqarish uchun toʻqqiz kun ichida tirik suvni topishi kerak.
Bosh rollarni Dayana Gudz va Taisiya Kalinina ijro etgan. Serialda, shuningdek, Yelena Podkaminskaya, Yuriy Chursin, Daniil Vorobyov va Vlad Proxorov suratga tushgan.
Rejissyor — “Sukut daqiqasi” va “Fantom” loyihalari bilan tanilgan Ilya Shexovtsov. Suratga olish ishlari Sankt-Peterburgda, Leningrad viloyatida, Viborgda va Moskvada boʻlib oʻtgan. Ijodkorlar rus xalq ertaklari hamda XX asr boshidagi estetika ruhidan ilhomlangan.
Yana oʻqing

Ella Purnell ishtirokidagi «Dorogusha» trillerining ikkinchi mavsumi chiqdi

Cha Seung Von va Kim Do Hun yangi «Isteʼfodagi xodimlarni boshqarish boʻlimi» doramasida sobiq agentlar rolini ijro etadi

