Yulduzlar

Xloi Kardashian Netflix hujjatli filmidagi ochiq gaplaridan keyin sobiq eri bilan munosabatlarini uzdi

Realliti-shou yulduzi Lamar Odomni noshukrlikda va ularning nikohi tarixini buzib koʻrsatishda aybladi.

13-noyabr, 13:37По-русски

Read in English

ㅤ / style.news.am

Xloi Kardashian sobiq eri Lamar Odom bilan endi hech qanday aloqasi boʻlishini istamasligini aytdi. Bunga Odomning Netflixʼning «Untold: The Death & Life of Lamar Odom» hujjatli filmidagi gaplari sabab boʻldi. Bu gaplar «Kardashianlar oilasi» realliti-shousining yangi qismida maʼlum qilindi.

Odom filmda Xloiga mashhurlik uchun uylanganini aytadi. Shuningdek, 2015-yilda hayotiga sal qolgan dozani oshirib yuborishdan keyin unga gʻamxoʻrlik qilishda Xloining rolini kichraytirib koʻrsatadi. Kardashian uchun ayniqsa alam qilgani — sobiq turmush oʻrtogʻiga yaxshilik qilish maqsadida uning hujjatli loyihasida ishtirok etishga oʻzi rozi boʻlgan, ammo oxir-oqibat oʻzi haqidagi shunday gaplarni eshitganidir.

Xloining soʻzlariga koʻra, Odom oʻz his-tuygʻulari haqida uni noqulay ahvolga solib qoʻymasdan ham gapirishi mumkin edi. U Odom bilan boshqa munosabatlarni davom ettirmasligini ham taʼkidladi. Keyinroq basketbolchi nikohni shuhrat uchun tuzganlik haqidagi fikrni farzandlaridan biri aytganini aniqlashtirdi, biroq Kardashianlar oilasining turmush tarziga boʻlgan qiziqishi uning uylanish istagiga taʼsir qilganini tan oldi.