Seriallar

«Hokimiyat uzuklari»ning uchinchi mavsumi Rotten Tomatoesʼda 79 foiz yangilik koʻrsatkichini oldi

Tanqidchilar davomiy mavsumni serial tarixidagi eng yaxshisi deb atab, undagi keng koʻlamli sahnalar va syujet rivojini alohida taʼkidladi.

12-noyabr, 13:40По-русски

Read in English

ㅤ / media.ixbt.games

«Uzuklar hukmdori: Hokimiyat uzuklari» serialining uchinchi mavsumi 11 noyabr kuni Prime Videoʻda namoyish etila boshlandi. Tanqidchilarning dastlabki sharhlari asosan ijobiy boʻldi: Rotten Tomatoes agregatorida yangi mavsum 79 foiz yangilik koʻrsatkichini oldi.

Sharhlovchilar, ayniqsa, voqealar koʻlamining kengaygani, vizual effektlar va aktyorlar ijrosini alohida qayd etdi. Ayrim tanqidchilar yangi mavsumni loyiha tarixidagi eng yaxshisi deb atab, adabiy kanondan chekinishlar ham uning Jon Tolkin asarlariga xos muhitni saqlab qolishiga xalaqit bermasligini taʼkidladi. Keleborn rolida aktyorlar tarkibiga qoʻshilgan Jeymi Kempbell Bauer ham alohida maqtovga sazovor boʻldi.

Biroq kamchiliklar ham topildi. Tanqidchilarning bir qismi ssenariyni haddan tashqari murakkab, dialoglarni esa dabdabali va ortiqcha jimjimador deb hisoblaydi. Shuningdek, sharhlovchilar ayrim epizodlarda rejissyorlik yechimlarining oʻziga xosligi yetishmasligini koʻrsatdi.

Uchinchi mavsum jami sakkiz qismdan iborat. Dastlabki toʻrt qism allaqachon Prime Videoʻda mavjud, qolgan epizodlar esa har hafta namoyish etiladi.