Mayk Mayers «Shrek 5»ni franshizadagi eng sevimli qismi deb atadi
Aktyor davomi ssenariysini yuqori baholab, multfilm premyerasini sabrsizlik bilan kutayotganini aytdi.

Shrekka ovoz beruvchi Mayk Mayers mashhur franshizaning beshinchi multfilmi haqidagi taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi. Aktyorning soʻzlariga koʻra, yangi qism seriyadagi barcha filmlar orasida uning eng sevimlisiga aylangan. U, shuningdek, ssenariyni maqtab, ijodkorlar oʻzlaridan ham oʻzib ketganini aytdi.
Mayers, Eddi Merfi (Eshak) va Kemeron Dias (Fiona) davomidagi rollariga qaytadi. Zendaya aktyorlar tarkibiga qoʻshilib, bosh qahramonlarning qizi Felisiyaga ovoz beradi.
Dastlab «Shrek 5» premyerasi 2026-yil iyuliga rejalashtirilgan edi, keyin esa oʻsha yilning dekabriga koʻchirildi. Endi multfilmning chiqishi 2027-yil 30-iyuniga belgilangan.



