Kino

Bill Skarsgård DCning dahshat janridagi versiyasida Jon Konstantinni oʻynashni istaydi

Aktyor «U» dilogiyasi rejissyori Andres Musketti bilan yangi komiks ekranizatsiyasi ustida hamkorlik qilishni taklif qildi.

9-noyabr, 13:26По-русски

Read in English

ChatGPT / kinonews.ru

Bill Skarsgård Jon Konstantin roliga qiziqish bildirdi va film ustida Andres Musketti bilan birga ishlashni istashini aytdi. Aktyor «Happy Sad Confused» podkastida DCning okkult detektivi haqidagi hikoyani toʻlaqonli dahshat filmiga aylantirish gʻoyasi haqida gapirdi.

Suhbat davomida Skarsgård Marvel va DC loyihalarida ishtirok etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga ham izoh berdi. Avvalroq uni Leks Lyutor va professor Iks rollariga nomzod sifatida tilga olishgan, biroq bu qahramonlar boʻyicha jiddiy muzokaralar boʻlmagan.

Ayni paytda DC Studios Konstantinning sarguzashtlari haqidagi yangi toʻliq metrajli ekranizatsiya ustida ishlamoqda. Ssenariy «Mudhish oʻliklarning gʻazabi» filmi bilan tanilgan Fransis Galuppiga topshirilgan. Hozircha suratga olish guruhiga kim rahbarlik qilishi va bosh rolni kim ijro etishi nomaʼlum.

2005-yilda Kianu Rivz ishtirokida chiqqan «Konstantin: Zulmat hukmdori» filmining davomi masalasi hamon ochiq qolmoqda. Rejissyor Fransis Lourens avvalroq sikvel ustida ish ketayotganini tasdiqlagan, biroq DCning yangi loyihasi uning keyingi taqdiriga taʼsir qilishi mumkin.