Kino

Uchinchi «Dyuna»ning final treyleri chiqdi

Deni Vilnyovning filmi Frenk Gerbert kitoblari asosidagi trilogiyani yakunlaydi va 18-dekabr kuni xorij kinoprokatiga chiqadi.

28-oktabr, 13:36По-русски

Read in English

Кадр из к/ф «Дюна: Часть третья» / cdnrrviubnyuntopbez5.svc.cdn.yandex.net

Warner Bros. «Dyuna: Uchinchi qism» filmining final treylerini taqdim etdi. Fantastik film voqealari avvalgi filmda yuz bergan hodisalardan 20 yil oʻtib kechadi: Pol Atreydes imperatorga aylanadi va davlatning kelajakda qulashini koʻradi.

Qahramon Bene Gesserit va Kosmik gildiyaning fitnasiga duch keladi. Timoti Shalame, Zendeya, Florens Pyu, Rebekka Fergyuson, Xavyer Bardem, Anya Teylor-Joy va Jeyson Momoa oʻz rollariga qaytishdi. Antagonist Sayteyl obrazini Robert Pattinson ijro etdi.