Kino

Bondning navbatdagi qizi boʻlishi mumkin boʻlgan sakkiz aktrisa

Robert Pattinson 2028 yilda Jeyms Bond rolini ijro etadi. Uning hamrohi roliga nomzodlar orasida Zendeya va Florens Pyu bor.

17-noyabr, 18:23По-русски

Read in English

hellomagazine.com

Robert Pattinson franshiza 2028 yilda ekranlarga qaytgach, 007 agenti rolini ijro etadigan yangi aktyor boʻladi. Uning hamrohini oʻynaydigan aktrisa nomi hozircha eʼlon qilinmagan.

Nomzodlar orasida Zendeya va Florens Pyu kabi keng tanilgan yulduzlar, shuningdek, hozircha jamoatchilik eʼtibor markazida boʻlmagan aktrisalar ham tilga olinmoqda. Bond qizi roli ijrochilarning faoliyatiga turlicha taʼsir koʻrsatgan: Jeyn Seymur va Eva Grin ushbu turkumda qatnashgach muvaffaqiyat qozongan, boshqalarga esa yangi rollarni olish qiyinroq boʻlgan.