Kino

«Konstantin» rejissyori DC rahbariyati ketganidan soʻng sikvel suratga olishga umid qilmoqda

Frensis Lourens Jeyms Gunn va Piter Safranning ketishi filmning davomi ustidagi ishlarni osonlashtirishi mumkinligini aytdi.

13-noyabr, 11:13По-русски
championat.com

Kianu Rivz ishtirokidagi «Konstantin» filmini suratga olgan rejissyor Frensis Lourens DCʼdagi kadrlar oʻzgarishi sikvel taqdiriga ijobiy taʼsir koʻrsatishi mumkin, deb hisoblaydi.

Rejissyorning soʻzlariga koʻra, jamoada filmning davomi ssenariysi allaqachon ancha vaqtdan beri tayyor, biroq Jeyms Gunn va Piter Safran loyihani ishga tushirishga toʻsqinlik qilgan. Lourens hech kimning ishsiz qolishini istamasligini taʼkidladi, ammo endi film ishlab chiqarish bosqichiga yetib borish imkoniga ega boʻlishiga umid qilmoqda.

«Konstantin: Zulmat hukmdori» original filmi 2005 yilda chiqqan va vaqt oʻtishi bilan katta muxlislar auditoriyasiga ega boʻlgan. Kianu Rivz ehtimoliy davom filmida bosh rolga qaytishi kerak.