Brenda Song Disneyʼning «Hammasi aʼlo, yoki Zak va Kodi hayoti» serialini suratga olish paytida kam haq toʻlanganidan shikoyat qildi
Aktrisa yuzlab epizodlar suratga olinganiga qaramay, shou ishtirokchilari kutishlari mumkin boʻlganidan ancha kam daromad olganini tan oldi.

Brenda Song Disney Channelʼning «Hammasi aʼlo, yoki Zak va Kodi hayoti» hamda «Hammasi aʼlo, yoki Kema bortidagi hayot» seriallarida ishlagani uchun toʻlangan gonorarlar kam boʻlganini aytdi. Mehmonxonalar imperiyasi merosxoʻri London Tipton rolini ijro etgan aktrisa bu mavzuni sobiq hamkasbi Dylan Sprouse bilan Wildmen podkastida muhokama qildi.
Songning soʻzlariga koʻra, 2005-yildan 2011-yilgacha davom etgan suratga olish ishlari unda yoqimli xotiralar qoldirgan, biroq aktyorlar nisbatan kam pul evaziga koʻp ishlashga majbur boʻlgan. U yuzlab epizodlardan soʻng loyiha ishtirokchilari ancha yuqori daromad kutishlari mumkinligini taʼkidladi.
Sprouse hamkasbining fikriga qoʻshilib, serial boshqa yirik telekanalda namoyish etilganida, ularning daromadi butunlay boshqacha boʻlishi mumkinligini qoʻshimcha qildi.
Shu bilan birga, Song karyera qurish imkoniyatini bergani uchun Disneyʼdan minnatdor ekanini taʼkidladi. U serialdan tashqari kanal filmlarida ham suratga tushgan. Ular qatorida «Mukammal Rojdestvo sovgʻasi», «Wendy Wu: Jangdagi qirolicha» va «Maktab hovlisining sirlari» filmlari bor.
Yana oʻqing

Duran Duran guruhining sobiq gitaristi Endi Teylor vafot etdi

Bred Pitt va Anjelina Joli Fransiyadagi Château Miraval vino xoʻjaligi yuzasidan nizoni yakunladi

