Kristofer Nolanning «Odisseya» filmi aktyorlar ansambli uchun mukofot oladi
Mett Deymon, Tom Holland va Robert Pattinson ishtirokidagi film 2027-yil yanvarida Palm-Springs xalqaro kinofestivalida taqdirlanadi.

Kristofer Nolanning yangi «Odisseya» filmi Palm-Springs xalqaro kinofestivalida aktyorlar ansambli ijrosi uchun mukofot (Ensemble Performance Award) oladi. Bu haqda tadbir tashkilotchilari seshanba kuni maʼlum qildi.
2027-yil 7-yanvarga rejalashtirilgan marosimda Mett Deymon, Jon Leguizamo, Samanta Morton va kasting direktori Jon Papsideraning ishtirok etishi kutilmoqda. Mukofot aktyorlarni tanlash hamda ularning rollarni birgalikda ijro etishdagi mehnatini eʼtirof etadi.
Festival raisi Naxxattar Singx Chandi «Odisseya»ni eng yirik kino loyihalaridan biri deb atab, aktyorlar tarkibiga yuqori baho berdi. U, ayniqsa, Deymonning Odissey rolidagi, Mortonning Kirke obrazidagi va Leguizamoning Evmey rolidagi ijrosini alohida taʼkidladi.
Filmda, shuningdek, Tom Holland, Enn Xeteuey, Robert Pattinson, Lupita Nyongʻo, Jon Bernthal, Sharliz Theron va Elliot Peyj suratga tushgan. Nolan kartinaga rejissyorlik qilgan va ssenariy yozgan, Emma Thomas bilan birga esa prodyuser boʻlgan.
«Odisseya» toʻliq IMAX kameralarida suratga olingan ilk toʻliq metrajli film boʻldi. Palm-Springs xalqaro kinofestivali 2027-yil 7-yanvardan 18-yanvargacha davom etadi.



